
“Messini olishga imkonimiz yo‘q!”
Angliya chempionlarining ustozi Yurgen Klopp jamoa Lionel Messini qo‘lga kiritishga harakat qilmasligini bildirdi.
- Kim Messiday yulduzni o‘z jamoasida ko‘rishni istamas ekan? Lekin bizda uni olishga hech qanday imkoniyat yo‘q. To‘g‘risi, u zo‘r o‘yinchi. Balki u kelasi mavsum “Manchester Siti”ga yordam bera olar. Uni yutishimiz qiyinlashadi. Biroq, Messi boshqa chempionatda o‘ynamagan. Bu erda futbol boshqacharoq. Shuning uchun undan biror nima kutish noto‘g‘ri, - dedi Klopp.
Messi “Manchester Siti”ga o‘tishi kutilmoqda.
Fikrlar