Messini pul qiziqtirmaydi! Chunki...

  • 20 iyul, 2023, 11:35
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona”ning sobiq futbolchilaridan biri Xristo Stoichkov jamoaning boshqa bir afsonasi Lionel Messining Saudiya Arabistoni klublariga o‘tishdan bosh tortganiga izoh berdi.

Tecno

“Biz pul uchun o‘ynamadik, sevgi uchun o‘ynadik. Bu buyuklikdan dalolat beradi. Men uchun maoshim yoki bonuslarimni bilish muhim emas edi, o‘ynash muhimroq edi va shuning uchun ham odamlar meni qadrlashdi. Futboldan boshqa barcha ishlarim bilan agentlar shug‘ullanishdi.

Messi raqobatlashish va o‘ynash uchun keladi. Uni pul qiziqtirmaydi, chunki u futbolni yaxshi ko‘radi”, - dedi Stoichkov Stats Perform nashriga bergan intervyusida.

Eslatib o‘tamiz, Messi o‘tgan mavsum yakunida shartnomasi yakunlangani bois PSJni erkin agent sifatida tark etdi va AQShning "Inter Mayami" klubi safiga borib qo‘shildi. Unga Saudiyaning “Al-Hilol” klubidan ham super taklif bo‘lgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!