Messini qo‘yib yubormaymiz!
“Pari Sen-Jermen” rahbariyati argentinalik yulduz Lionel Messini qo‘yib yubormoqchi emas. Leoning parijliklar bilan kelishuvi joriy mavsum oxirida yakunlanadi.
Parijliklar unga yangi shartnoma taklif qilishi haqida xabar chiqqani ortidan Messi ular bilan yangi bitim imzolash niyati yo‘qligi bo‘yicha ham ma’lumotlar e’lon qilina boshlandi.
Parijliklar Messini umumiy hisobda 2025 yilgacha olib qolmoqchi. Hujumchi bu kelishuvga ko‘nsa, unga hozirgi maoshidan kam bo‘lmagan mablag‘, 30 million evro atrofida pul to‘lanadi.
Evropa matbuoti Lionel Messi mavsum yakunlanganidan keyin “Barselona”ga qaytishi mumkinligini muhokama qilmoqda. O‘yinchining o‘zi kelajagiga Qatardagi jahon chempionatidan keyin oydinlik kiritishini aytgan.

Fikrlar