Messining 39 yoshida qilib yurgan ishlarini qarang! Harri Keyn Messiga tan berdi
Angliya terma jamoasi hujumchisi Harri Keyn Argentinga qarshi 1:2 hisobida yakunlangan mundial yarim finalidan so‘ng Lionel Messi haqida fikr bildirdi.
Uchrashuvda inglizlar 55-daqiqada hisobni ochishgandi, ammo o‘yin oxirida ikki gol o‘tkazib yuborib, finalga chiqish imkoniyatini qo‘ldan boy berdi. Lionel Messi ushbu bahsda jamoasining har ikki goliga pas berdi.
- Messining 39 yoshida qilib yurgan ishlarini ko‘rib, bu jahon chempionati men uchun oxirgisi bo‘ladimi-yo‘qmi, deb o‘ylab ham o‘tirmayman. Messi – tarixdagi eng kuchli futbolchi. Biz uni to‘xtatish uchun qo‘limizdan kelgan barcha ishni qildik, lekin u to‘pni olgan sayoq, yana bir bor jonlangandek bo‘lardi», – deya Keynning so‘zlarini keltiradi AlbicelesteTalk nashri.
Lionel Messi hozircha musobaqaning eng yaxshi to‘purarlari poygasida Kilian Mbappe bilan birga peshqadamlik qilmoqda – har ikkalasining ham hisobida sakkiztadan gol bor. Harri Keyn esa olti gol bilan reytingda to‘rtinchi o‘rinni egallab turibdi.

Fikrlar