Messining Frantsiyada ishlari yaxshi emas

  • 30 oktabr, 2021, 13:20
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

PSJ hujumchisi Lionel Messi Frantsiya chempionati doirasidagi "Lill"ga qarshi uchrashuvni muddatidan avval yakunladi. Bosh murabbiy Mauritsio Pochettino argentinalikni tanaffus vaqtida zaxiraga oldi va uning o‘rniga Mauro Ikardini maydonga tushirdi.

34 yoshli futbolchi Liga 1 da jami 5ta o‘yinda maydonga tushib, hanuzgacha samarali harakat amalga oshirmadi. Squawka nashrining xabariga ko‘ra, forvard 2005/06 yilgi mavsumdan buyon ilk marta milliy chempionatda gol va golli uzatma qayd etolmadi.

Ma’lumot uchun, Messi joriy mavsum Frantsiya chempionatida darvoza tomon eng ko‘p zarba bergan futbolchi sanaladi. Ammo hozircha ularning hech biri gol bilan yakunlanmadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!