Messining futbolkasi Turkiyadagi zilzila qurbonlariga yordam berish uchun kimoshdi savdosiga qo‘yildi

  • 10 fevral, 2023, 19:44
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Turkiya terma jamoasi himoyachisi Merix Demiral argentinalik hujumchi Lionel Messining futbolkasini xayriya auktsioniga qo‘ydi.

Turk sportchisi o‘zining "Tvitter"dagi sahifasida Messining futbolkasini sotishdan tushgan mablag‘ Turkiyadagi zilziladan jabr ko‘rganlarga yordam berish uchun sarflanishini aytdi.

Avvalroq, Demiral portugaliyalik hujumchi Krishtianu Ronalduning "Yuventus"da o‘ynagan davridagi futbolkasini o‘z dastxati bilan sotish orqali salkam 200 ming evro yig‘ishga muvaffaq bo‘lgandi.
Shuningdek, u "Roma"dan Paulo Dibala va "Yuventus"dan Leonardo Bonuchchining futbolkalarini jami 50 ming evroga sotgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!