
Messining ketishi aniq, “Barsa” uning o‘rniga yangi yulduzni olmoqda
“Barselona” rahbariyati Messini Manchesterga – qadrdon ustozi Xosep Gvarodiola jamoasiga yuborishga rozi bo‘lgan.
Agar bu transfer amalga oshsa, kataloniyaliklar kelib tushadigan mablag‘ni o‘zlari uchun armon bo‘lib qolayotgan yana bir argentinalik yulduz – Lautaro Martinesni olishga sarflaydi.
“Barselona” rahbariyati avval ham bir necha marotaba “Inter”ga ushbu futbolchi transferi bo‘yicha turli variantlarni taklif qilgan edi. Biroq milanliklar o‘z hujumchisini shartnomada belgilangan 111 million evrolik badal to‘langandagina qo‘yib yuborishini ma’lum qilgan va boshqa har qanday taklifga rad javobini bergan edi.
Fikrlar