Messining ketishi “Real”ga kuchli zarba bo‘ladi!
“Real” rahbariyati La Ligadagi ashaddiy raqibi – “Barselona” va uning etakchisi Lionel Messi atrofidagi voqealarga munosabat bildirdi.
Unga ko‘ra, madridliklarda Lionel Messini qo‘lga kiritish fikri bo‘lmagan. Hozir “Real” xo‘jayinlari o‘yinchi xarid qilishni emas, balki tarkibdagi qator futbolchilarni sotib, moliyaviy ahvolini o‘nglab olishni istamoqda.
Leoning “Barsa”dan ketishi “Real”ga kuchli zarba bo‘lishi ta’kidlanmoqda. Chunki uning sotuvidan kataloniyaliklarga katta mablag‘ kelib tushadi va argentinalikka to‘lanayotgan katta maoshdan kamida 100 million evro tejab qolinadi. “Barselona” bu orqali tarkibni yanada kuchaytiradigan bir necha yuqori klassli o‘yinchilarni olish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Shu o‘rinda, “Real”dagilar Lionel Messining Kataloniyani tark etishiga ishonmayapti.

Fikrlar