Messining ketishiga Kuman aybdormi?

  • 26 avgust, 2020, 01:21
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" forvardi Lionel Messi jamoadan ketish qaroriga yangi bosh murabbiy Ronald Kuman bilan bo‘lib o‘tgan suhbatdan so‘ng kelgan.

Tecno

Deportes Cuatro nashri tarqatgan xabarga qaraganda, gollandiyalik mutaxassis suhbat davomida Messiga hech bir futbolchi uning uchun alohida ahamiyat kasb etmasligini va barcha birdek bo‘lishini aytgan. Argentinalik to‘purarga esa bosh murabbiyning bu munosabati umuman yoqmagan.

Bundan avvalroq, Messi “Barsa” bilan imzolangan shartnomani bir tomonlama bekor qilish huquqidan foydalanib, uni bekor qilmoqchiligi haqida xabarlar tarqaldi. Unga esa “Inter”, “Manchester Siti” va “Manchester Yunayted” klublaridan qiziqishlar bor.

"Barselona"ning sobiq prezidenti: Messining sotilishi - tarixiy xato bo‘ladi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!