Messining Mbappening etakchiligiga munosabati ma’lum bo‘ldi

  • 18.09.2022 16:06
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

PSJ rahbariyati loyihaning asosiy o‘yinchisi sifatida Kilian Mbappeni tanlagan. Lionel Messi esa “Barselona”da ana shu mavqeda uzoq yillar to‘p tepgan.

Hozir ko‘pchilikni argentinalik yulduzning o‘zidan 12 yosh kichik bo‘lgan futbolchi etakchiligi ostida to‘p tepayotganiga qanday munosabatda ekani qiziqtirmoqda.

Manbalarning aniqlashicha, Leo jamoada Mbappe asosiy figura ekanini oddiy va xotirjam qabul qiladi. Hatto bosh murabbiy Kristof Galte frantsiyalik hujumchini shtatli penaltichi qilib belgilaganini ham Messi oddiy qabul qildi.

Bundan tashqari argentinalik yulduz aynan mana shu tanlov ortidan kelib chiqqan Mbappe va Neymar o‘rtasidagi mojaroni hal qilishda ham jamoadoshlaridan yordamini ayamagani aytilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!