Messining otasi Saudiya bilan muzokaralar olib bormoqda

  • 3 iyun, 20:54
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Inter Mayami" hujumchisi Lionel Messining otasi Xorxe Messi Saudiya Arabistonining Davlat investitsiya fondi bilan muzokaralar olib bormoqda.

Tecno

Cantral do Arabao nashri jurnalist Sasha Tavolier ijtimoiy tarmoqlardagi ma’lumotlariga tayanib xabar berishicha, Messi 2023 yilning iyul oyida MLSga (AQShning professional futbol ligasi) o‘tganidan beri liganing rivojlanish darajasidan norozi.

Muzokaralar davomida ehtimoliy transferning faqat sportga oid jihatlari emas, balki keng qamrovli marketing loyihasi ham muhokama qilinmoqda. Hozircha Leo o‘tishi mumkin bo‘lgan aniq klub nomi oshkor etilmagan.

 Lionel Messining "Inter Mayami" bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2025 yil oxirigacha amal qiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!