
Messining to‘purarlik qobiliyati so‘nmoqda
“Barselona” to‘purari Lionel Messi hozirgi bosh murabbiy Kike Seten qo‘l ostida o‘tkazilgan o‘yinlarning atigi 37 foizida gol urgan xolos.
Setengacha jamoani boshqargan mutaxassislar - Frank Raykard, Ernesto Valverde, Pep Gvardiola, Luis Enrike, Xerardo Martino va Tito Vilanova davrida Messining ko‘rsatkichlari 57 foizdan pastlamagan.
Messi Seten bosh murabbiyligida 16 ta uchrashuvdan oltitasida raqib darvozasini ishg‘ol qila oldi xolos. Valverde davrida esa argentinalik futbolchi uchrashuvlarning 74 foizini golsiz tark etmagan.
Fikrlar