“Barselona”: Endi bizga Messi umuman kerakmas!
“Barselona” prezidenti Joan Laporta “Pari Sen-Jermen” da o‘ynayotgan Lionel Messini Kataloniyaga qaytarmasligini bildirdi.
- Men Messidan yoki uning atrofidagilaridan futbolchining Kataloniyaga qaytish istagi aks ettirilgan birorta xabar olganim yo‘q. Biz endiga o‘z ishini boshlagan yosh jamoa quryapmiz. Messi bu Messi, u dunyoning eng zo‘r o‘yinchisi, lekin biz uni ortga qaytarmaymiz, - dedi Joan Laporta.
Eslatib o‘tamiz, Lionel Messi o‘tgan yili yozda moliyaviy feyr-pley talablari tufayli kataloniyaliklar bilan yangi shartnoma tuza olmagan edi. Shundan so‘ng, PSJga ko‘chib o‘tgan yulduz Parij klubida o‘zidan kutilgan o‘yinni namoyish qila olmayapti.
34 yoshli hujumchi Frantsiya chempionatida 18 ta o‘yinda ikkita gol urib, 10 ta golli pas oshirdi. Uning amaldagi shartnomasi 2023 yilning yozida yakunlanadi.
Fikrlar