
Messining zo‘rligi aks etgan reyting
GiveMeSport portali “Barselona”ning so‘nggi 20 yildagi eng zo‘r to‘purarlari reytingini e’lon qildi.
Ushbu ro‘yxatda kataloniyaliklarning hozirgi sardori Lionel Messi 630 ta gol bilan etakchilik qilmoqda. Argentinalik hujumchi shuncha gol urish uchun 727 ta uchrashuv o‘tkazgan.
“Barsa”ning eng kuchli to‘puralari bilan tanishing:
- Lionel Messi — 630 gol/727 match/0,87 bitta uchrashuvda o‘rtacha gol.
- Luis Suares — 195/279/0,70.
- Samyuel Eto’O — 130/199/0,65.
- Neymar — 105/186/0,56.
- Zlatan Ibragimovich — 22/46/0,48.
- Patrik Klyuyvert — 122/257/0,47.
- Xaver Saviola — 70/168/0,42.
- Terri Anri — 49/121/0,40.
- David Vilya — 48/119/0,40.
- Aleksis Sanches — 47/141/0,33.
Fikrlar