"Metallurg" 12 nafar futbolchi va 2ta murabbiy bilan xayrlashdi!

  • 11 yanvar, 2022, 17:20
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabar berganimizdek, Bekobodning “Metallurg” jamoasi yangi mavsumga tayyorgarlikni boshladi.

Dastlabki yig‘in kuniyoq jamoada bir qator juz’iy o‘zgarishlar bo‘lganligini kuzatish mumkin. Jamoaning o‘tgan yilgi asosiy tarkibi o‘zagi saqlab qolingani holda yangilanish sari katta qadam tashlanganligini payqash qiyinmas. Avval ma’lumot berganimizdek, klub rahbariyati jamoaga bir qator yangi o‘yinchilarni taklif etdi. Ular orasida Fozil Musaev, Islombek Isoqjonov, Abbos Otaxonov, Hakimxon Alamxonov, Shohnazar Norbekov, Ergash Ismoilov, Zabixillo O‘rinboev, Ixtiyor Toshpo‘latov singari tajribali o‘yinchilar qatorida ko‘rikka taklif etilgan yangi nomlarni ham uchratish mumkin. Yangi mavsumda “Metallurg” sharafini himoya etuvchi yakuniy tarkib esa qishki o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini tsiklida aniqlab boriladi.

O‘z o‘rnida bir necha mavsum “Metallurg” sharafini himoya etgan bir qator o‘yinchilar bilan klub do‘stona xayrlashganini ham aytib o‘tish joiz. Yangi mavsum arafasida faoliyatini boshqa klublarda davom ettirishni ixtiyor etgan Akbar Ismatullaev, Kamoliddin Tojiev, Stanislav Andreev, Akmal Tursunboev, Muhammad Isaev, Ivan Nagaev, Abdurahmon Abdulhaqov, Shahzodbek Nurmatov, Dilshod Rahmatullaev, Mahmudjon Qudratillaev, Ruslan Roziev hamda murabbiylar Anatoliy Kurlaev va Petr Gizimchuklar bekobodliklarni tark etdi. 

"Metallurg" matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!