
"Metallurg" futbolchisi "Turon"da!
Superligada debyutini o‘tkazishga tayyorlanayotgan “Turon” klubi selektsiya ishlarida faollik ko‘rsatmoqda. Shu munosabat bilan jamoa safiga yangi o‘yinchilar qo‘shilishda davom etyapti.
2020 yilni Bekobodning “Metallurg” klubida o‘tkazgan yarim himoyachi Abdurahmon Abdulhaqov "Turon" murabbiylarida jiddiy qiziqish uyg‘otgan. Shu sababli futbolchi katta ehtimol bilan joriy mavsumni “Turon” safida o‘tkazadi.
Abdulhaqov o‘tgan yili bekobodliklar tarkibida 22 ta o‘yinda maydonga tushgan. Shuningdek, u “Andijon” va “Neftchi” jamoalarida ham to‘p surgan.
Fikrlar