
"Metallurg" ikkinchi bor Yaypanda o‘ynaydi, ilk tashrifi esa omadsiz chiqqan
5 oktyabr kuni Superliganing 21-turiga start beriladi. Shu kuni Yaypanda “Turon” “Metallurg”ni qabul qiladi. Mehmon jamoa matbuot xizmati bo‘lajak bahs oldidan prevyuni taqdim etdi.
Tashkil etilganiga hali ko‘p bo‘lmagan Yaypanning “Turon” jamoasiga qarshi “Metallurg” Superligada bugungacha 3 ta o‘yin o‘tkazishgan. Tomonlar 1 martadan g‘alaba qozonishgan. Yana bitta uchrashuvda durang natija qayd etilgan.
“Turon” kuchlilar safidagi birinchi g‘alabasini aynan “Metallurg”ga qarshi o‘yinda tantana qilgan. Jamoalarning bu yil Bekobodda kechgan bahsida kuchlar teng keldi. Mezbonlardan Shahzodjon Ne’matjonov, yaypanliklardan Humoyun Murtozoev muvaffaqiyat qozongandi. Umumiy gollar nisbati – 3:2, “Turon” foydasiga.
Jamoalarning barcha uchrashuvlari:
03.07.2023 «Metallurg» - «Turon» - 1:1
21.11.2021 «Metallurg» - «Turon» - 1:0
02.07.2021 «Turon» - «Metallurg» - 2:0
Fikrlar