
"Metallurg" nazorat bahsida "Surxon" darvozasiga 3 ta gol urdi
Xabaringiz bor hozirda Superliga klublari yangi mavsumga tayyorgarlik ko‘rishmoqda. Tayyorgarlik jarayonida ular bir qator nazorat uchrashuvlari ham o‘tkazishmoqda.
Jumladan, bugun Bekobodning “Metallurg” klubi Termizning “Surxon” jamoasiga qarshi bahs olib bordi. Unda bekobodliklarning fo‘li baland keldi - 3:1.
Nazorat uchrashuvi.
"Metallurg" - "Surxon" 3:1
Gollap: A.Kasyan (30-p), Sh. Ubaydullaev (35), S. Andreev (38), A.Ismatullaev (85).
Fikrlar