
"Metallurg" o‘rtoqlik bahsida "Andijon" ustidan yirik hisobda g‘alaba qozondi
Milliy chempionat bahslarida yuzaga kelgan tanaffusdan unumli foydalangan klublar ayni damda o‘zaro o‘rtoqlik uchrashuvlari o‘tkazmoqda.
Jumladan, Pro-liga peshqadamlaridan biri hisoblangan “Andijon” Bekobodda “Metallurg”ga qarshi maydonga tushdi. Gollarga boy kechgan uchrashuv 4:1 hisobida mezbonlarning g‘alabasi bilan yakunlandi.
Nazorat uchrashuvi
"Metallurg" - "Andijon" 4:1
Gollar: Shahboz Erkinov 0:1, Bektemir Abdumannonov 1:1, Farxod Bekmurodov 2:1, Zabixillo O‘rinboev 3:1, Jasur Xolto‘raev 4:1.
Fikrlar