“Metallurg” sobiq futbolchisini ortga qaytardi

  • 12 yanvar, 2024, 22:04
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bir yillik tanaffusdan keyin mahoratli himoyachi Abbosjon Otaxonov qadrdon jamoasi – “Metallurg”ga qaytdi. 28 yoshli himoyachi o‘tgan mavsum ispaniyalik mutaxassislar qiziqishi doirasiga kirmagach, “Buxoro” bilan shartnoma imzolagandi. Bekobod futboliga yangi nafas olib kirgan chernogriyalik murabbiy esa 2018 yilgi Osiyo chempionini “Metallurg”ga chorladi va Abbos Otaxonov bu taklifni bajonudil qabul qildi.

Klub rahbariyati shuningdek himoya chizig‘ining yana bir tajribali vakili Ergash Ismoilov bilan shartnoma muddatini uzaytirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!