
"Metallurg" tarkibida o‘zgarishlar bo‘ladi
“Mavsum-2020”ni 7-o‘rinda yakunlagan Bekobodning “Metallurg” klubi ayni paytda qishki ta’tilda.
Sports.uz saytiga ma’lum bo‘lishicha, jamoa a’zolari yangi chempionatga tayyorgarlikni 11 yanvardan boshlashi mo‘ljallangan. Mashg‘ulotlar Toshkentda olib borilishini ham aytish joiz.
Tarkibda esa albatta o‘zgarishlar bo‘lishi aniq. Buni “Metallurg” ustozi Andrey Shipilov ham aytib o‘tdi. U bu yilgi mavsum uchun bir qator o‘yinchilar bilan muzokaralar olib bormoqda va boshlanadigan mashg‘ulotlarda yangi nomlar paydo bo‘lishining ehtimoli yuqori. Shu bilan birga “Metallurg”ni tark etadigan futbolchilar ham bor. Tez orada barchasi oydinlashadi.
Fikrlar