“Metallurg” ikkinchi davraga tayyorgarlikni boshladi. Bekobodliklar 2 ta o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazishadi

  • 14 iyul, 2019, 14:02
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bekobodning “Metallurg” jamoasi o‘yinchilari kecha Qibraydagi o‘quv-mashg‘ulot maskanida jamlanishdi va Superliganing ikkinchi davrasiga tayyorgarlikni boshlab yubordi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

Tecno

Davralar oralig‘idagi qisqa muddatli tanaffusdan barcha o‘yinchilar sog‘ salomat murabbiylar qo‘l ostiga etib kelishdi. Jamoa bosh murabbiyi Andrey Shipilov kechki mashg‘ulot oldidan futbolchilar, murabbiylar shtabi ishtirokida yig‘ilish o‘tkazdi. Shundan so‘ng jismoniy tayyorgarlik mashqlari bajarildi. Mashg‘ulotlar esa maydonda engil yugurish va to‘p bilan ishlash mashqlari bilan intiho topdi.

Mashg‘ulotlar ikki mahaldan olib boriladi. Ikkinchi davraning dastlabki uchrashuviga qadar jamoa ikkita nazorat uchrashuvini o‘tkazishni rejalashtirgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!