
"Metallurg": Termadagi o‘yinchilarimiz qaytib kelishdi
FIFA kunlari munosabati bilan barcha terma jamoalarimiz qatori O‘zbekiston U-20 ham navbatdagi yig‘inini o‘tkazdi. Avval xabar berganimizdek, bu galgi yig‘in xorijda – Ozarbayjon hamda Belarusda tashkil etildi. O‘quv-mashg‘ulot yig‘ini davomida mazkur mamlakat terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik nazorat uchrashuvlari o‘tkazildi. Ozarbayjon bilan dastlabki bellashuvda imkoniyat boy berilgan bo‘lsa, ikkinchi uchrashuvda hisob ochilmadi va durangga imzo chekildi.
Belarus termasiga qarshi Ravshan Haydarov shogirdlari ikkita o‘yin o‘tkazishdi. Ularning dastlabkisida o‘zbekistonlik yigitlar zafar quchishdi. Ikkinchi o‘yinda maydon egalarining qo‘li biland keldi.
Mazkur yosh toifasidagi yig‘inda Bekobodning “Metallurg” jamoasi ikki nafar o‘yinchisi ishtirok etdi. Bular – darvozabon Humoyunshoh Sayyotov hamda yarim himoyachi Shahzodbek Ne’matjonovdir. Kecha ikkala futbolchi Bekobodga qaytib keldi va “Metallurg” mashg‘ulotlariga qo‘shildi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
Fikrlar