"Metallurg" yoshlari – O‘zbekiston chempioni!

  • 28 noyabr, 2020, 23:42
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun Bekobod futbolida tarixiy kun sodir bo‘ldi. Mamlakatimiz mustaqillikka erishgandan keyin O‘zbekiston chempionati va birinchiliklarida qatnashib kelayotgan Bekobodning “Metallurg” jamoasi o‘z tarixidagi eng yorqin g‘alabani qo‘lga kiritdi. XXIX milliy chempionatning yoshlar birinchiligi “Metallurg” futbolchilarining muddatidan oldin zafar quchishi bilan yakunlandi.

Tecno

O‘z uyidagi “Surxon”ga qarshi so‘nggi uchrashuvda “Metallurg”ni chempion bo‘lishi uchun durang natija ham qanoatlantirardi. Ammo durang uchun o‘ynash ijobiy natija bermasligini yaxshi anglagan mezbonlar murabbiyi o‘z shogirdlarini faqat g‘alaba ishtiyoqida maydonga tushira oldi. “Metallurg” raqibi darvozasiga javobsiz beshta to‘p yo‘lladi.

photo_2020-11-28_22-29-53

Bir paytlar futbol ishqibozlari orasida Argentina – Yamayka – 5:0 degan qo‘shiq urf bo‘lgandi. “Metallurg” – “Surxon” jamoalari o‘rtasidagi o‘yin jahon futbolining yorqin yulduzlaridan biri, argentinalik charm to‘p qiroli Diego Armando Maradonaning yorqin xotirasiga bir daqiqalik sukut saqlash bilan boshlandi. Ne tongki, uchrashuv yakunida ham tabloda 5:0 hisobi porladi. Bekobodlik yoshlar o‘z tarixlarida birinchi marta O‘zbekiston chempioni degan sharafli nomni Maradona yurtdoshlariga xos ishonarli tarzda qo‘lga kiritishdi. Ramziy o‘xshashlik tasoddifiy emas. “Metallurg” yoshlar jamoasi bu yilgi mavsumni tom ma’noda ko‘tarki ruh bilan o‘tkazdi. Shunga yarasha chempionatning kichik oltin medallariga sazovor bo‘lda.

“Metallurg” PFKga chempionlik muborak deymiz!!!

photo_2020-11-28_17-01-21

U-21 O‘zbekiston birinchiligi / 25-tur

28.11.2020 yil. Bekobod shahri. “Metallurg” stadioni.

“Metallurg” – “Surxon” – 5:0 (2:0)

Gollar: Muhammadali Azizboev, 30 (1:0), To‘lqin Ergashev, 45 (2:0), Muhsin Bozorov, 49 (3:0), Ibrohim Turg‘unboev, 78 (4:0), Shahzodjon Ne’matjonov, 90+1 (5:0).

“Metallurg”: Akmal Tursunboev, Odilbek Abdumajidov, Jasurbek O‘rinov, Shahzodbek G‘ofurbekov, Shahzodjon Ne’matjonov, To‘lqin Ergashev, Muhammadali Azizboev, Davron Anvarov, Abdulvohid G‘ulomov (s), Akbar Qo‘chqorov, Muhsin Bozorov.

Zaxira: Azizbek Murodov, Ibrohim Turg‘unboev, Murodboek Bobojonov, Abdullo G‘aybullaev, Azamat Abdusattorov, Muhriddin Botirov, Asadbek Islomov, Diyorbek Shavqiev, Timur Nabiev.

“Surxon”: Davron Merganov, Mirjalol Annamatov, Dilshod Rashidov, Sanjarbek Ahmedov (s), Behruz Qulmatov, Nurmuhammad Nomozov, Asilbek Temirov, Asliddin Xonimov, Shahzod Tairov, Asadbek Hamzaev, Sarvar Soliev.

Zaxira: Amal Ismatov, Farhod Mamatqulov, Muhammadali Abdurahmonov.

photo_2020-11-28_22-24-19

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!