“Metallurg” – AGMK uchrashuvidan so‘ng: Bosh hakam quyi ligaga tushirib yuborildi, Qosimov esa diskvalifikatsiya qilindi

  • 29 iyul, 2019, 19:47
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 5
  • Futbol
CHERY AUTO

Superliganing 14-turi doirasidagi “Metallurg” – AGMK uchrashuvida ko‘plab bahsli vaziyatlar ro‘y berdi va muxlis-u mutaxassislarning bahs-munozalariga sabab bo‘ldi. O‘FA tartib intizom qo‘mitasi ushbu uchrashuv yuzasidan yig‘ilish o‘tkazdi va o‘yindagi barcha vaziyatlarni sinchkovlik bilan o‘rganib chiqdi. Bu haqda PFL rasmiy sayti xabar bermoqda.

Tecno

Natijada, AGMK klub bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov uchrashuv bosh hakami Shavkat Nasibullaevga ochiqchasiga e’tiroz bildirib, unga nisbatan qo‘pol muomalada bo‘lgani uchun superliganing 1 uchrashuviga diskvalifikatsiya qilindi va jarimaga tortildi.

Uchrashuv bosh hakami Shavkat Nasibullaev ishida esa o‘yin tizginini qo‘ldan chiqarish, ko‘plab xatolarga yo‘l qo‘yish kabi kamchiliklar aniqlandi. Ushbu holatlarni inobatga olgan holda tartib intizom qo‘mitasi Nasibullaevni 4 uchrashuvga chetlatdi va jarimaga tortdi.

O‘yinga har tomonlama professional darajada tayyorgarlik ko‘rmaganligi aniqlangan ushbu hakam, shuningdek, qo‘yi ligaga tushirildi.

O‘FA hamda PFL hakamlar, murabbiy va futbolchilar, shuningdek, futbol uchrashuvlarida ishlaydigan barcha mas’ul xodimlarni professionallik, o‘zaro hurmat hamda intizom normalariga qat’iy rioya qilishga chaqiradi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Абдусамат Жураев
29/07/2019 21:07
Футболчилик давридаям урушкок ва харомхур булган бу Шавкат Насибуллаев дегани кайердан хакам булиб колди
Shaxboz Bekmurodov
29/07/2019 21:48
Usha hurmatli Qosimov ham judayam oppoq emas murabbiylar xakamlarni hurmat qilmasa hohlagan gapini gapirsa bizda qachon usish bo‘ladi o‘zbek hakamlariga kelsak ko‘pchiligi ayalday gab,
Ravshan Tursunov
29/07/2019 21:41
Металлургга нисбатан хеч канака адоватим йук, лекин жонга тегди шу клуб. Узбек футболи ичидаги унча мунча кингир ишлар шу клуб билан боглик. Деярли хар бир уйини кандайдир "уйин" билан боглик булади. Узи структураси тушунарсиз. Пахтакор хужайинлари томонидан бошкариладиган фарм клуб макомидаги жамоанинг узи пахтакор билан бир турнирда катнашиши узи спорт принципларига зид иш. Лекин нима учундир УФА хам, ПФЛ хам бу хакида лом мим дегани куркишади
Murod Panjiev
29/07/2019 21:26
Ие тушунмадим нега КОСИМОВ футболдан четлашиши керак урток ЭРМАТОВ сиз эдингизку ишончли хурматли судямиз хозир сиз рахбарсиз халол уйинга чорляпсиз агар сиз хак булсангиз нега хурматли КОСИМОВ бир уйинга четлаштирилди нега харом тамок насибулаев про лигани бошкаради унга куп пул ишлаш учун шароит яратиб бесяпсизку ёки сиз хам корупцияга аралашяпсизми узингиз топган пул боларингизни бокишга етмяпдими уйят сизга харом топган пулингиз харомга кетади уйини курдим 100 фоиз судялар айбдор агар чора курмасангиз сиз хам айбдор буласиз яна Косимовни кечиринг кечирмасангиз халкни лаънатига коласиз
Ravshan Tursunov
29/07/2019 20:55
Куйи лигага тушириш унга янаям харомхурлик килишга йул очиб беришку. У ерда бемалол хохлаган ишини килади