
"Metallurg"ning bu turdagi raqibi "Qo‘qon-1912" haqida
Bugun Superliga 4-tur doirasida “Qo‘qon 1912” - "Metallurg" bahsi o‘tkaziladi. Bekobodliklar matbuot xizmati uchrashuv oldidan raqib haqida ma’lumotlarni taqdim etdi.
“Qo‘qon 1912” jamoasiga o‘tgan asrda – 1912 yilda asos solingan. Jamoa turli yillarda “Mehnat”, “Avtomobilchi” nomlari bilan musobaqalarda qatnashib kelgan. Mustaqil chempionatlarimizda esa 1992 – 2001 yillar oralig‘ida oliy liga bahslarida “Temiryo‘lchi” nomi ostida ishtirok etgan. O‘zbekiston kubogining birinchi finalchisi. 2002 yildan quyi ligaga tushib ketdi va “Qo‘qon” (2002-2008), “Bunyodkor-Qo‘qon” (2009-2011) nomlari ostida kuchlilar safiga qaytishga harakat qildi. 2012 yildan “Qo‘qon 1912” nomini olgan jamoa 2015 yildan yana oliy ligada ishtirok etib kelayapti.
Shu yillar davomida “Qo‘qon 1912” jamoasi kuchlilar safida 483 ta uchrashuv o‘tkazdi. Mazkur o‘yinlarning 174 tasida g‘alaba qozondi, 80 uchrashuvda durang qayd etdi, 229 o‘yinda esa imkoniyatni boy berdi. Kiritilgan va o‘tkazib yuborilgan to‘plar farqi: 641-841. Jamoaning eng yirik g‘alabasi – 5:1 (1992 – “Yangier”, 1999 – “Metallurg”, “Andijon”), eng yirik mag‘lubiyati – 1:7 (2000 – “Paxtakor”, 2019 – AGMK).
Fikrlar