
"Metallurg"ning OKMKga qarshi o‘yinlardagi natijalari qanday?
Superliganing eng murosasiz derbilardan biri sanaluvchi “Metallurg” – OKMK qarama-qarshiligida kichik ustunlik bekobodliklar tomonida: 31 uchrashuv, 15 g‘alaba, 3 ta durang, 13 mag‘lubiyat. To‘plir farqi – 51:50, “Metallurg” foydasiga.
Mazkur jamoalarning Olmaliqda kechgan o‘yinlari tarixiga to‘xtaladigan bo‘lsak, unda konchilar ustunligini ko‘rishimiz mumkin. OKMK o‘z maydonidagi 15 bahsning 11 tasida g‘alaba qozongan. 2 ta o‘yinda mehmonlarning qo‘li baland kelgan va yana 2 ta uchrashuvda durang qayd etilgan.
O‘zaro uchrashuvlarda eng ko‘p to‘p kiritgan o‘yinchilar Zohid Abdullaev (“Metallurg”, 7 ta gol) va Mo‘ydin Mamazulumov (OKMK, 5 ta gol)
Quyida Olmaliqda o‘tgan so‘nggi beshta uchrashuv natijasi bilan tanishing:
03.08.2022 AGMK – Metallurg – 0:1
19.06.2021 AGMK – Metallurg – 2:0
29.02.2020 AGMK – Metallurg – 1:1
28.06.2019 AGMK – Metallurg – 1:1
17.08.2018 AGMK – Metallurg – 2:3
“Metallurg” matbuot xizmati.
Fikrlar