
"Metallurg"ning "Qizilqum"ga qarshi statistikasi qanday?
Ertaga Superliganing 16-tur doirasidan o‘rin olgan so‘nggi uchrashuvi - "Qizilqum" - "Metallurg" bahsi bo‘lib o‘tadi. Mazkur jamoalar shu kungacha O‘zbekiston chempionatlarida 47 marta kuch sinashgan. Shularning 17 tasi “Metallurg”, 18 tasida “Qizilqum” jamoasi g‘alaba qozongan. 12 ta o‘yinda esa kuchlar teng kelgan. Kiritilgan va o‘tkazib yuborilgan to‘plar farqi 61:60, vohaliklar oldinda.
“Metallurg” bu raqibini ikki marta 4:1 hisobida dog‘da qoldirgan (2006, 2019). “Qizilqum” esa bitta uchrashuvda bekobodliklar darvozasiga javobsiz beshta to‘p (0:5, 2006) yo‘llagan.
Mazkur jamoalarning Navoiyda o‘tkazilgan uchrashuvlarida mezbonlar katta ustunlikka ega: 12 ta g‘alaba, 6 ta durang, 5 ta mag‘lubiyat, to‘plar nisbati – 35:20.
Quyida Navoiyda bo‘lib o‘tgan so‘nggi beshta uchrashuvida qayd etilgan natijalar bilan tanishing:
29.09.2022 “Qizilqum” – “Metallurg” – 0:1
27.11.2021 “Qizilqum” – “Metallurg” – 1:3
24.11.2020 “Qizilqum” – “Metallurg” – 1:0
29.10.2019 “Qizilqum” – “Metallurg” – 1:1
05.05.2018 “Qizilqum” – “Metallurg” – 1:2
"Metallurg" matbuot xizmati.
Fikrlar