"Metro lyublino rabotaem" chellendji bilan mashhur jangchi O‘zbekistonda VVFC-4 turnirida jang qiladi!(Video)

  • 23 iyun, 2022, 17:24
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, yurtimizda VVFC promousheni tashkil qilingan va ushbu liga o‘zining 3 ta turnirini o‘tkazib ulgurgan.
Tez orada navbatdagi to‘rtinchi jang kechasini tashkil qiladi. Ushbu promoushen mutasaddisi Mavlonbek Mavlonovning saytimizga ma’lum qilishicha,.VVFC-4 turnirida Rossiyaning "Xardkor MMA" promousheni yulduzi, "Moskva metro lyublino rabotaem" chellendji bilan mashhur tojikistonlik Saymo‘min "Sayka" Madiev ham o‘z jangini o‘tkazadi. Ushbu jangchining professional rekordi 5-0 va u  UFC bilan shartnoma imzolashi kutilmoqda.
Tez orada unga raqib bo‘luvchi o‘zbekistonlik jangchiga ham aniqlik kiritiladi. Voqealar rivojini bizda kuzatib boring!

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!