"Metro Lyublino rabotaem"ning o‘zbekistonlik raqibi aniq bo‘ldi
Xabaringiz bor, Rossiyaning Hardcore promoushenidagi faoliyati va "Metro Lyublino rabotaem" chellendji bilan butun MDH mamlakatlarida mashhurlikka erishgan tojikistonlik Saymo‘min "Sayka" Madiev navbatdagi jangini O‘zbekistonda "VVFC-4" turnirida o‘tkazishini ma’lum qilgan edik.
Biroq, uning raqibiga aniqlik kiritilmagan edi. VVFC promousheni mutasaddilaridan biri Mavlon Mavlonovning saytimizga ma’lum qilishicha, tojikistonlik jangchiga qarshi jang qiluvchi hamyurtimizga aniqlik kiritilgan. Unga ko‘ra, yurtdoshimiz Rahim Rajabaliev "Metro Lyublino rabotaem"ning navbatdagi raqibi bo‘ladi.
Rajabaliev professional faoliyati mobaynida 3 ta jang o‘tkazgan va barchasida g‘alaba qozongan. "Sayka"ning ko‘rsatkichi esa 5-0 ko‘rinish olgan. Mazkur jang super engil vazn (57,6 kg) toifasida bo‘shlib o‘tadi. Xullas, super to‘qnashuvning guvohiga aylanamiz.
Tez orada turnir sanasiga ham aniqlik kiritiladi. Voqealar rivojini bizda kuzatib boring!

Fikrlar