Mexikolik Paola va JChda ishtirok etadigan boshqa qilichbozlarimiz bilan tanishing

CHERY AUTO

15-23 iyul kunlari Vengriyaning Budapesht shahrida qilichbozlik bo‘yicha navbatdagi jahon chempionati bo‘lib o‘tadi. Tokio Olimpiadasi uchun yirik reyting ochkolarini taqdim etuvchi mazkur musobaqada terma jamoamiz vakillari ham katta delegatsiya bilan ishtirok etadi. MOQning ma’lum qilishicha, musobaqada 14 nafar sportchi ishtirok etishi belgilab qo‘yilgan. Ular orasida 2 nafar "legioner" sportchilarimizni ham kurish mumkin. Ular sablyachilar Lara Pliego Paola hamda Yana Obvintseva. Paola asli meksikada tavallud topgan, Yana esa qilichbozlikning dastlabki sirlarini Rossiyada o‘rgangan. To‘liq tarkib quyidagicha: 

Sevinch Ismoilova – sablya
Zaynab Dayibekova – sablya
Yana Obvintseva – sablya
Lara Pliego Paola – sablya
Sherzod Mamutov – sablya
Pazilbek Genjebaev – sablya
Boburjon Rasulov – sablya
Roman Aleksandrov – shpaga
Javohirbek Nurmatov – shpaga
Fayzulla Alimov – shpaga
Oleg Sokolov – shpaga
Malika Hakimova – shpaga
Yana Alborova – shpaga
Hasan Badunov – shpaga

Terma jamoamiz 13 iyul kuni Vengriya safariga jo‘nab ketadi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!