Meyvezer hozirgi paytda eng yaxshi bokschi kimligini aytdi

  • 11 mart, 2020, 11:43
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Floydning fikricha, bu nomga yarim o‘rta vazn toifasida WBO kamari sohibi Terens Krouford loyiq:

Tecno

"Men ikkita bokschini e’tirof etishni istagan bo‘lardim. Ayni paytda eng ajoyib bokschi bu Jervonta Devis. Ammo gap vazn toifasidan qat’i nazar eng kuchli bokschi kimligi haqida borar ekan, men Terens Krouford degan bo‘lardim. U hozirda birinchi raqamli bokschi",- dedi engilmas Meyvezer.

Ma’lumot uchun, Terens Krouford so‘nggi jangini o‘tgan yilning 15 dekabr sanasida o‘tkazib, Egidiyus Kavaliyuskasni 9 raundda nokautga uchratgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!