Meyvezer karantin qoidalarini jiddiy tarzda buzdi (foto)
Sobiq jahon chempioni Floyd Meyvezer (50-0, 27 KO) karantin vaqti Los-Anjeles markazida velosipedda sayr qildi. Bokschi va uning o‘nga yaqin do‘stlari qo‘riqchilar hamrohligida shahar bo‘ylab sayr qilishdi. Qizig‘i, Meyvezerdan boshqa barcha sayrga chiqqanlar niqob taqqanligini kuzatish mumkin.

Ma’lumot uchun, AQShda koronavirusdan vafot etganlar soni 40 mingdan ziyodni tashkil etmoqda va 700 ming kishida ushbu infektsiyani yuqtirib olish holati qayd etilgan.

Fikrlar