Meyvezer Makgregor bilan ikkinchi marta jang qilishi mumkin

  • 16.02.2018 10:49
  • 0
  • Boks
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Boks bo‘yicha besh vazn toifasining sobiq jahon chempioni kichik Floyd Meyvezer o‘z muxlislariga UFC chempioni Konor Makgregor bilan MMA qoidalariga ko‘ra ikkinchi jang bo‘lishi mumkinligini ma’lum qilgan.

Amerikalik bokschi o‘zining Tvitter sahifasida irlandiyalik sportchini tirsagi bilan urayotgan rasm joylashtirgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq irlandiyalik sportchi Makgregor MMA qoidalari bo‘yicha jangga chaqirgan edi. 2017 yil avgustda Meyvezer va Makgregor o‘rtasidagi boks qoidalari bo‘yicha to‘qnashuvda Floyd 10-raundda raqibini texnik nokautga uchratgan. Meyvezer professional ringda jami 50 jangda 50 g‘alabaga erishgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!