Mezbon Germaniya turnirga yomon kayfiyatda etib kelayotgan Shotlandiyaga qarshi! (prevyu)

  • 14 iyun, 2024, 04:33
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor bugun, ya’ni 14 iyun kuni Germaniyada Evro chempionatiga start beriladi. Ochilish bahsida mezbonlar Shotlandiyaga qarshi maydonga tushadi. 

Uchrashuvlar tarixi:

Germaniya o‘z tarixida bir marotaba Shotlandiyaga mag‘lub bo‘lgan. Bu voqeya 1999 yilda o‘tkazilgan o‘rtoqlik o‘yinida sodir bo‘lgandi. Shundan beri nemislar taslim bo‘lmaydi. Ammo bu ikki jamoa bir-biriga to‘qnash kelganida yirik hisoblar qayd etilmagan. So‘nggi bellashuvda esa Germaniya 3:2 hisobida zafar quchgan. 2016 yilgi Evro turniri uchun saralash bosqichida bu ikki mamlakat bir guruhdan o‘rin olgan. Birinchi taymning o‘zida darvozalar 4 marta ishg‘ol qilingan bo‘lsa, ikkinchi bo‘lim boshida Ilkay Gyundoganning goli evaziga Yoxan Lyov shogirdlari 3 ochkoni qo‘lga kiritgan. 

Mueller's Germany double puts Scots on the rocks - The Himalayan Times -  Nepal's No.1 English Daily Newspaper | Nepal News, Latest Politics,  Business, World, Sports, Entertainment, Travel, Life Style News

Germaniya:

Germaniya o‘z davlatida o‘tadigan chempionat uchun munosib ishtirok etishni maqsad qilgan. Shu sababli, rahbariyat Xans-Diter-Flikni o‘z lavozimidan ozod qilishga qaror qildi. Shu bilan birga, Yulian Nagelsmanni vaqtinchalik murabbiy sifatida tanishtirdi. Bu esa muxlislarda ozgina bo‘lsa ham, ishonchni kamayishiga sabab bo‘ldi. Ammo Frantsiya, Niderlandiyaga qarshi o‘rtoqlik o‘yinlarida sobiq "Bavariya" ustozi bilan ishlashni davom ettirishi kerakligini tushunishdi va shartnoma yangilandi. Endi Germaniya turnir favoritlari qatorida ko‘rsatilmoqda.

Turkey stun Euro 2024 hosts Germany, spoil Nagelsmann's home debut | Reuters

Shotlandiya:

Top jamoalarga qarshi osonlikcha mag‘lub bo‘lishni istamaydigan Shotlandiya turnir oldidan biroz kayfiyatini tushirib qo‘ydi. Stiv Klark shogirdlari saralash o‘yinlarini juda zo‘r boshladi, lekin oxirida Ispaniyaga birinchi o‘rinni boy berib qo‘ydi va so‘nggi o‘rtoqlik uchrashuvlarida omadsizlikka uchradi. Shotlandiya Gibraltarni hisobga olmaganda, oxirgi marta 2023 yilning sentyabrida g‘alaba qozongan. Bu esa jamoaning ruhiy holati ham yomon bo‘lishi mumkinligini bildiradi. Shunday ekan, shotlandlardan birinchi turda nimadir kutish qiyin. 

Spain 2-0 Scotland: Euro 2024 qualifying wait continues after Steve  Clarke's side suffer first defeat | Football News | Sky Sports

Taxminiy tarkiblar:

Germaniya: Noyer, Kimmix, Ryudiger, Ta, Maksimilian, Andrix, Kroos, Musiala, Gyundogan. Virts, Xaverts. 

Shotlandiya: Gann, Ralston, Porteous, Xendri, Tirni, Robertson, Maktominay, Gilmur, Makgregor, Makgin, Adams.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!