Mezbon sportchini mag‘lub etgan Sharif Halilov bronza medali uchun tatamiga chiqadi

  • 29.08.2021 09:11
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Olimpizm

Para dzyudo bo‘yicha erkaklar o‘rtasida -100 kg vazn toifasida hamyurtimiz Sharif Halilov bronza medali uchun o‘tish bahsida yaponiyalik Yoshikazu Matsumotoga qarshi tatamiga chiqdi.

Hamyurtimiz mezbon sportchiga hech qanday imkon qoldirmadi va ippon bahosi evaziga 10:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Endi Sharif Halilov bronza medali uchun braziliyalik Tenerio da Silvaga qarshi bahs olib boradi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!