
Mikael Sekeyra: "Ideal o‘yin ko‘rsata oldik"
Lokomotiv” klubi chempionatning 13-turida o‘z maydonida “Nasaf”ni qabul qildi va 2:0 hisobida g‘alaba qozonib uch ochkoni qo‘lga kiritdi.
Uchrashuvdan keyin “Loko” bosh murabbiyi Mikael Sekeyra o‘z fikrlarini quyidagicha izohladi:
- Bugun haqli g‘alabaga erishdik deb o‘ylayman. Birinchi bo‘limning o‘zidayoq yigitlar sifatli futbol namoyish etishdi.
O‘yin uslubimizga tanlangan rejani to‘g‘ri bajarib berdilar. “Lokomotiv”ning mavsumdagi eng chiroyli o‘yinlaridan biri bo‘ldi deb hisoblayman. Chunki “Nasaf” juda kuchli jamoa hisoblanadi. Shu boisdan bugun ideal o‘yin ko‘rsata oldik, deb ayta olaman.
Fikrlar