
Mikael Sekeyra "Qizilqum" bilan durangdan so‘ng: O‘yinni inobatga olsak, natija adolatli bo‘ldi
Superliga 17-turida "Lokomotiv" safarda "Qizilqum" bilan kuch sinashdi. Bellashuvda 0:0 hisobi qayd etildi. O‘yindan so‘ng "temiryo‘lchilar" ustozi Mikael Sekeyra uchrashuv borasida fikr bildirdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
- "Lokomotiv" birinchi bo‘limda yaxshi o‘yin namoyish qildi. Golga tortadigan bir necha vaziyatlarni yarata oldik. Raqib posboni jamoasini gollardan qutqardi. Birinchi bo‘limda "Qizilqum" darvozasini ishg‘ol qilishimiz adolatdan bo‘lardi.
Ikkinchi bo‘limda ikki tomon ham teng o‘yin ko‘rsatdi. O‘yinni inobatga olsak, natija adolatli bo‘ldi, - dedi Sekeyra.
Fikrlar