Mikel Arteta: "Deklan ancha yaxshiroq, Xaverts mashg‘ulotning bir qismida qatnashdi"

  • 03.03.2026 22:35
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol

Londonning "Arsenal" klubi bosh murabbiyi Mikel Arteta jarohat olgan futbolchilar holati haqida ma’lumot berdi. Mutaxassis ayniqsa Deklan Rays va Kay Havertsning ahvoliga to‘xtaldi.

"Haverts mashg‘ulotning bir qismida ishtirok etdi. Shuning uchun kutishimiz va uning o‘yinga tayyor yoki tayyor emasligini ko‘rishimiz kerak. Qay darajada formada ekanini ham baholaymiz. Deklan esa, umid qilamanki, o‘yinda qatnashishi mumkin bo‘ladi. Bugun u ancha yaxshiroq ko‘rindi", — dedi Arteta klub rasmiy saytiga.

Shuningdek, murabbiy "Brayton"ga qarshi uchrashuvda Ben Uayt ishtirok etmasligini ma’lum qildi. Klub sardori Martin Edegor esa maydonga tushishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yakshanba kuni Haverts "Chelsi"ga qarshi uy o‘yini (2:1) so‘nggi daqiqalarida maydonga tushgan edi. Rays esa ikkinchi bo‘limda Kristian Nörgorga almashtirilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!