"Milan" Bonaventura bilan shartnomani uzaytirmoqchi
“Milan” klubi rahbariyati jamoaning etakchi yarim himoyachisi Jakomo Bonaventura bilan amaldagi shartnomani uzaytirmoqchi. Bu haqda Sky Sport Italia nashri xabar tarqatmoqda.
Ta’kidlash kerakki, 30 yoshli italiyalik futbolchi tizzasidan olgan jiddiy jarohat sabab o‘tgan mavsumning ikkinchi yarmini o‘tkazib yuborgan edi. Ayni damda u sog‘aygan va tez orada mashg‘ulotlarga qo‘shiladi.
Ma’lumot uchun, Bonaventura “Milan” sharafini 2014 yildan buyon himoya qilib kelmoqda. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2020 yilga qadar imzolangan.

Fikrlar