"Milan" bosh murabbiyi iste’foga chiqadi

  • 28 aprel, 2021, 20:35
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Milan” bosh murabbiyi Stefano Pioli o‘z lavozimidan iste’foga chiqarilishi mumkin.

Tecno

La Gazzetta dello Sport va Calciomercato nashrlari tarqatgan xabarga qaraganda, agar jamoa mavsum yakunida Chempionlar ligasi yo‘llanmasiga ega bo‘lolmasa, “rossonerilar” rahbariyati 55 yoshli italiyalik mutaxassisni ishdan bo‘shatadi.

“Milan” o‘tgan tur “Latsio”ga 3:0 hisobida imkoniyatni boy berdi va 2-o‘rindan birdaniga 5-o‘ringa tushib ketdi. Birinchi davrada milanliklar ajoyib o‘yin namoyish etgan va chempionlikka asosiy da’vogar sifatida tilga olinayotgan edi. Biroq Pioli boshqaruvidagi jamoada keskin pastlash kuzatildi.

Stefano Pioli 2019 yilning kuzidan buyon “Milan”ni boshqarib kelmoqda. U bunga qadar “Latsio”, “Inter” va “Fiorentina” kabi jamoalarni boshqargan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!