"Milan" Chempionship klubidan futbolchi sotib olmoqchi

  • 26 dekabr, 2020, 23:52
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Reding" klubi yarim himoyachisi Maykl Olise "Milan"ning qiziqishlar doirasiga kirib qoldi.

Tecno

GetReading nashri tarqatgan xabarga qaraganda, "rossonerilar" 19 yoshli futbolchini sotib olib, keyinchalik "Kevo", "Lechche", "Montsa" va SPAL klublaridan biriga ijaraga berib yubormoqchi.

Olisening “Reding” bilan amaldagi shartnomasi yozda o‘z nihoyasiga etadi va tomonlar ushbu kelishuvni uzaytirish bo‘yicha til topisha olmayapti.

Maykl Olise joriy mavsum “Reding” safida jami 21 ta o‘yinda maydonga tushdi va 4 ta gol hamda 8 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!