
"Milan" etakchisi bilan kelisha olmayapti
Manbaning xabariga ko‘ra, "rossonerilar" turkiyalik futbolchi uchun bonuslarsiz 4 million maosh to‘lashga tayyor. Chalxanoglu yangi shartnomaga ko‘ra yiliga 5 million evro olmoqchi.
"Milan" yarim himoyachi Hakan Chalxanoglu bilan yangi shartnoma borasida muzokara o‘tkazmoqda. Tomonlar hozircha kelisha olmayapti, deya yozmoqda jurnalist Nikolo Skira.
Avvalroq, Chalxanoglu va "Milan"ning yana bir futbolchisi koronavirus yuqtirib olganligi haqida xabarlar tarqalgandi.
Fikrlar