"Milan" Gattuzoning o‘rniga yangi murabbiy izlamoqda
Mavsum yakunlangach jamoa bosh murabbiyi Jennaro Gattuzo klubni tark etishi mumkin. La Gazzetta dello Sport nashri xabar berishicha, nomzodlar orasidan "Roma" sobiq bosh murabbiyi Eusebio Di Franchesko va "Atalanta" bosh murabbiyi Jan-Pero Gasperinilar o‘rin olishgan. Bu ikki mutaxassis "Milan"ning yosh futbolchilari bilan yaxshi ishlashi va jamoa o‘yin uslubini o‘zgartira olishi mumkinligi iddao qilinmoqda.
Shuningdek, kengaytirilgan ro‘yxatdan Leonardo Jardim ("Monako") va Marko Jampaololar ("Sampdoriya") joy olgan. Ammo, ularning jamoaga taklif qilish ehtimoli u qadar yuqori emas.
Ilgariroq, Gattuzoning o‘rniga mavsum oralig‘ida "Chelsi" klubi ustozi Mauritsio Sarri kelishi borasida xabarlar tarqalgan edi. Biroq italiyalik mutaxassisning o‘zi London klubini tark etish istagida emas va bu haqda "Milan" rahbariyatini ogohlantirgan.

Fikrlar