
"Milan" hujumchisi raqamini o‘zgartirdi
"Milan" klubi hujumchisi Kshishtof Pyontek yangi mavsumda yangi raqam ostida to‘p suradigan bo‘ldi.
Klub rasmiy sayti tarqatgan xabarga ko‘ra polshalik futbolchi 19-raqamni 9-raqamga almashtirdi. Ta’kidlash kerakki, “rossonerilar” safida ushbu raqamda Marko van Basten, Filippo Indzagi, Jorj Vea, Patrik Klyuyvert va Fernando Torres kabi mashhur futbolchilar harakat qilishgan.
Ma’lumot uchun, Pyontek o‘tgan mavsum A Seriyada jami 37ta o‘yinda maydonga tushdi va 22ta gol urishga erishdi.
Fikrlar