
"Milan" ikki futbolchisi bilan xayrlashishga tayyor
Rafael Leau va Teo Ernandes yozda "Milan"ni tark etishi mumkin. Bu haqda "Football Italia" nashri xabar bermoqda.
Manbaning ma’lum qilishicha, klub himoyachi Teo Ernandes bilan shartnomani uzaytirish niyatida emas va yozgi transfer oynasida futbolchini sotishga urinib ko‘radi.
Biroq, Leau bilan xayrlashish murakkabroq kechadi. Sababi, hozircha "Milan"ga uning transferi bo‘yicha aniq takliflar kelib tushmagan.
Ta’kidlanishicha, futbolchining xizmatlariga qiziqish bildirayotgan yagona jamoa Saudiya Arabistonining "An-Nasr" klubi bo‘ladi.
Ma’lumot uchun, Leauning Milan klubi bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilning yarmiga qadar mo‘ljallangan. Frantsiyalik himoyachining klub bilan tuzilgan amaldagi shartnomasi esa 2026 yilning o‘rtasiga qadar amal qiladi.
Fikrlar