"Milan" Italiya terma jamoasi futbolchisini o‘z safiga qo‘shib oladi

  • 21.05.2019 15:26
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Sassuolo" klubi yarim himoyachisi Stefano Sensi tez orada "Milan" futbolchisiga aylanadi. Bu haqda Football Italia nashri xabar tarqatmoqda.

Yuqoridagi manbaaga ko‘ra "rossonerilar" 23 yoshli Italiya terma jamoasi a’zosi bilan deyarli kelishuvga erishishgan. Ushbu transfer milanliklarga 25 million evroga tushadi. Biroq, "Milan" faqatgina 13 million evro to‘laydi. Qolgan 12 mln evro evaziga esa "Sassuolo"da ijarada o‘ynayotgan 21 yoshli xavbeki Manuel Lokatellini beradi.

Ma’lumot uchun, Sensi joriy mavsum "Sassuolo" safida 32ta o‘yinda maydonga tushdi va 2ta gol urishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!