"Milan" "Liverpul" himoyachisiga qiziqib qoldi

  • 7 iyul, 2019, 09:51
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Italiyaning "Milan" klubi "Liverpul" himoyachisi Deyan Lovrenni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Bu haqda La Gazetta dello Sport nashri xabar tarqatmoqda.

Yuqoridagi manbaaga ko‘ra “rossonerilar” 30 yoshli xorvatiyalik futbolchi uchun 15 mln evro taklif qilishgan, biroq mersisaydliklar uni 25 mln evroga baholashmoqda. Bundan tashqari futbolchining 4,5 million evrolik maoshi ham milanliklarni o‘ylantirmoqda.

Ma’lumot uchun, Lovren o‘tgan mavsum APLda jami 13ta o‘yinda maydonga tushdi va 1ta gol urishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!