"Milan" Lukas Bilya bilan shartnomani uzaytirmoqchi emas

  • 09.04.2019 08:45
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Milan" klubi yarim himoyachisi Lukas Bilyaning “rossonerilar” safidagi kelajak faoliyati katta so‘roq ostida qolmoqda.

Football Italia nashri tarqatgan xabarga ko‘ra milanliklar sport direktori Leonardo futbolchining yoshi 33da ekanligi va maoshi yuqoriligini (3,5 million evro) inobatga olib, u bilan shartnomani uzaytirilishiga qarshi chiqmoqda.

Ma’lumotlarga qaraganda Bilya faoliyatini "Boka Xuniors" yoki "Xebey Chayna Forchun" klublaridan birida davom ettirishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, Lukas Bilya joriy mavsum “Milan” safida jami 17ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 1ta gol hamda 1ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!