
"Milan" markaziy o‘yinda "Yuventus"ga yutqazib qo‘ydi (video)
Italiya A Seriyasining 16-turida peshqadam “Milan” o‘z maydonida amaldagi chempion – “Yuventus”ni qabul qildi.
“San Siro”dagi bellashuv gollarga boy kechdi va unda 1:3 hisobida “keksa sinora”ning qo‘li baland keldi. “Yuventus”ga g‘alaba keltirgan gollarga Federiko Keza (18', 62') va Ueston Makkenni (76') mualliflik qilgan bo‘lsa, “Milan”ning yagona golini Davide Kalabriya (41') kiritdi.
Quyida ushbu uchrashuvning qisqacha videosharhini tomosha qilishingiz mumkin:
Fikrlar